Xiaomi eng mustahkam smartfonini ikki xil hamyonbop – Lite-versiyada chiqaradi!

6.47 dyuymlik displeyga, 30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5260 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfonning old kamerasi 16 MPlik bo‘lsa, bosh kamerasi naq beshtalik – 64+8+8+5+3 megapiksellik datchiklar!

Huawei P40 Pro’ning beshta kamera moduli bilan batafsil tanishamiz

Kirin 990 5G protsessorli kamerofon 50 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5500 mA/soatlik akkumulyatorga ega. U Android 10 bazasidagi EMUI 10 grafik qobig‘i bilan chiqadi, lekin unda Google servislari bo‘lmaydi.

DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Eng qizig‘i – Mi 10 Pro va boshqa ayrim kamerofonlarda bosh kameraning asosiy datchigi 108 megapiksellik aniqlikda. Yangi flagman esa «atigi» 48 megapiksellik sensorlar bilan ayni shu natijaga erisha olgan!

BOSHLANDI: Galaxy S20’larning eng maqtalgan jihatida muammolar chiqyapti!

Hattoki kamerasi naq 108 megapiksellik asosiy modulga va yuqori darajadagi detallashtirishga ega bo‘lgan Galaxy S20 Ultra superflagmanida ham shu muammo kuzatilyapti!

DxOMark’ni poraxo‘rlikda ayblashyapti: «xolis» baholashning bahosi qancha?

Agar ishlab chiqaruvchi «qistirish»ga rozi bo‘lmasa, mutaxassislar uning yangi modelini o‘zlari sotib olishadi va oldindan kompaniya bilan kelishib olmasdan, testlardagi barcha natijalarni e’lon qilib yuborishadi.

Barcha Galaxy S20’lardagi ushbu yangi funksiya Apple’ning eng zo‘r flagmanida ham yo‘q!

XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) janubiy koreyalik gigantning Galaxy S20 smartfonlar oilasi haqida yangi ma’lumotlar berishda davom etmoqda.

Huawei endi Samsung’ga qaqshatqich zarba berish yo‘lini topdi!

Huawei P40 modeli Kirin 990 protsessoriga, Balong 5000 5G-modemiga va uchtalik bosh kameraga ega. Huawei P40 Pro modelining kamerasi esa to‘rttalik va 10 karra optik zumga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Xiaomi kamerofonlar bobida Huawei va Nokia bilan bellashmoqchi!

Nokia brendi optik sensorlar borasida Ziess bilan, Huawei esa Leica bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xiaomi o‘z kamerofonlarida Samsung datchiklarini qo‘llayotgan bo‘lsa-da, bunga qanoat qilmayapti...

DxOMark: Bu hamyonbop smartfon kamera bobida Nokia 9 PureView flagmaniga teng!

Mazkur qurilma foto suratga olish bo‘yicha 90 ball, videos’yomka borasida esa – 75 ball olgan. Taqqoslash uchun: Nokia 9 PureView bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha tegishlicha 88 va 80 ballga baholangan edi.

DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan yangi qirol! (+video)

Huawei Mate 30 Pro flagmani DxOMark reytingida eng yuksak o‘rinni olgan, keyinroq Premium talqinidagi Xiaomi Mi CC9 Pro ham u bilan bir xil – 121 ballik natija ko‘rsatgan edi...

2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

Ekspertlar a’lo sifatli rasm va videolar oluvchi ikkita xitoycha smartfonni mobil fotograflar uchun eng yaxshi tanlov, deyishdi. Apple va Samsung flagmanlari esa uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.

Samsung’ning bu arzon smartfoni kamera testida hatto Redmi Note 7 Pro’ni ham «changida qoldirdi»!

35 mingdan ortiq foydalanuvchi xolis baho bergan testda u beshta sinovdan to‘rttasida birinchilikni qo‘lga kiritdi! Tag‘in, bulardan uchtasida raqiblarini katta hisob bilan ortda qoldirgan!

iPhone 11 Pro’da suratga olingan ilk film Tim Kukni ham hayratga soldi! (+video)

Filmni mashhur videograf Endi To aynan shu iPhone 11 Pro smartfonining o‘zidagi «Kamera» ilovasida suratga olgan. Montaj esa macOS tizimiga mo‘ljallangan Final Cut Pro X videoredaktorida qilingan.

64 MPlik kameraga ega ilk smartfon – Realme XT namoyish etildi! (+«jonli» video)

Xiaomi hamda Samsung’ni dog‘da qoldirgan bu smartfoni katta AMOLED-displey, to‘rt modulli kamera hamda Snapdragon 712 protsessori bilan jihozlagan.

DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!

Turli qurilmalar kameralarining imkoniyatlarini baholovchi DxOMark professional servisi kuni kecha taqdim qilingan Samsung Galaxy Note 10+ 5G smartfoni kamerasini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Xiaomi baribir birinchi: 64 MPlik kamerali ilk smartfon – Redmi Note 8 (yoki Redmi 7 Pro) taqdimoti e’lon qilindi!

Realme brendi Xiaomi’ni dog‘da qoldirib, 64 MPlik kamerali smartfonni 8 avgustdayoq taqdim etayotgandi. Ammo «xitoycha Apple» tezda otni qamchilab qoldi: Redmi Note 8 kamerofoni undan bir kun oldin chiqadi!

Xiaomi dog‘da qoldi: 64 megapiksellik kamerali smartfonni 8 avgustdayoq boshqasi taqdim etadi

Kamerofonlar uchun 64 MPlik optik datchikni aynan Samsung ishlab chiqqan. Biroq negadir ushbu kamerani qo‘llovchi qurilmani birinchi bo‘lib boshqa – xitoylik smartfonsozlar tayyorlashyapti!

Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi

Samsung ISOCELL Bright GW1 datchigiga ega ushbu kamerofonning qaysi model ekanligi haqida munozaralar boshlandi. Eng ommabop variantlar – Redmi K30 hamda Redmi Note 8 bo‘lib turibdi.

Hamyonbop kamerofon – Galaxy M60 ilk «jonli» videoda!

Infinity-U ekranli Galaxy M60 qo‘shaloq kamerasidagi asosiy modul – 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigi, ikkinchi sensorning aniqligi esa 16 megapikselni tashkil etadi.

Xiaomi va Meitu yoshlarbop CC smartfonlar brendini taqdim etdi

Xiaomi x Meitu AI Aesthetics Lab formulasi Xiaomi’ning qurilmaviy ta’minotini hamda Meitu’ning dasturiy ta’minotini (shu jumladan, byutifikatsiya – go‘zallashtirish) o‘z ichiga oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш