Apple biryo‘la naq 11 ta yangi iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi!

2019 yili taqdim etilishi kutilayotgan ayfonlar Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.

VIDEOTEST: OnePlus 7 Pro samaradorligini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

OnePlus smartfonlari hamisha «flagmanlar kushandalari» sifatida e’tirof etilib keladi. Xo‘sh, kupertinoliklarning eng zo‘r smartfoni bilan bellashuvda OnePlus 7 Pro buni oqlaganmi? O‘zingiz ko‘ring!..

Video: Apple reklamada iPhone XR’ning rekordchi jihatini aytib maqtandi

Chindan ham, iPhone XR modeli shu xususiyatiga ko‘ra barcha ayfonlarni va hatto aksariyat Android-smartfonlarni ham ortda qoldiradi.

iPhone XI va iPhone XI Max uchun allaqachon Apple A13 protsessori ishlab chiqarila boshladi

Ushbu yangi avlod chipini kupertinoliklarga hamkor TSMC kompaniyasi 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida, EUV-litografiya asosida tayyorlab beradi.

Smartfon xaridi uchun kredit olib bo‘ladimi?

Yuridik fanlar nomzodi bo‘lgan mutaxassis, jumladan, jamg‘arma kreditlari qanday maqsadlar uchun berilish-berilmasligini ham ma’lum qilgan.

Ishlab chiqaruvchi aldayapti: smartfoningiz u aytganidan ko‘proq ishlashiyam mumkin!

Ekspertlar aniqlashdi: batareyaning quvvati qanchaga yetishi borasida ayrim smartfonsozlar ko‘rsatkichlarni oshirib ko‘rsatishgan bo‘lsa, boshqalari aksincha – kamaytirib ko‘rsatishgan ekan!

Beshta modeldagi ayfon tugatilib, iPhone 7 va iPhone 8’lar arzonlashyapti

Ushbu rusumlardagi ayfonlar 2014 yildan 2016 yilgacha taqdim etilgan – demak, ular o‘z vazifalarini bajarib bo‘lishgan. Bu turkumdagi smartfonlardan shu kungacha jami 250 milliondan oshiq sotilgan.

Apple’ning eng ko‘p sotilayotgan gadjeti ma’lum bo‘ldi – bu iPhone emas!

Above Avalon ekspertlari gadjetlarni baholashga o‘zgacha yondashuvni amalga oshirishdi. Ya’ni, har bir devaysning savdosi boshlaganidan keyingi ikki yil mobaynidagi sotilish ko‘rsatkichlari hisobga olindi.

TOP-10: dunyo bo‘yicha 2018 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar uchtagina kompaniyaga tegishli!

Kuchli o‘ntalikda ikkita texnogigantdan tashqari, bittagina xitoylik kompaniyaning hamyonbop smartfoni bor – o‘tgan yili undan 20 milliontacha sotishgan.

Terashop.uz’da iPhone’lar ham arzonlashdi – narxlar bilan tanishing! (2019 yil 30 aprel)

Buyurtma Toshkentda 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Click, Payme) mavjud!

Nintendo kompaniyasi iPhone va Android-smartfonlar uchun ham o‘yinlar tayyorlamoqda

iPhone va Android-smartfonlar foydalanuvchilarining keng ommasiga Nintendo o‘yinlari shu yilning yozida taqdim etiladi.

Bu yilgi eng arzon iPhone XR 2 ham «kvadrat» kamerali bo‘ladi!

iPhone XR 2 modeli kupertinoliklarning suyuq kristalli so‘nggi ayfoni bo‘ladi. Kompaniya bundan keyingi barcha smartfonlarida OLED-panelga o‘tadi.

iPhone va Android-smartfonlarda endi Google Assistant bolalarga ertak aytib beradi!

Buning uchun Google Play Books ilovasining so‘nggi versiyasini o‘rnatish kerak. Keyin esa Google Assistant’ga: «Hey Google Tell Me A Story», ya’ni «Hoy Google, menga biror hikoya aytib ber», deyish kifoya.

Sentyabrda chiqadigan iPhone XI Max’ni ilk suratlar va videoda har tomonlama ko‘ramiz!

iPhone XI hamda iPhone XI Max kvadrat blokda joylashgan uch modulli bosh kameraga ega. Ulardan uchinchisi keng burchakli ob’yektiv bilan hamrohlik qiladi.

2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

6,1 dyuymlik iPhone 11R modeli esa, original iPhone XR kabi bitta modulli emas, balki qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi mumkin. Ularning ikkalasi ham 12 megapiksellik optik datchiklar bo‘ladi.

«Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

Testda internet tezkorligi, Fortnite va PUBG o‘yinlarining ishlash, Geekbench, Chrome va boshqa ilovalarning ochilish tezligi, asosiy va old kameralarining ishlashi, autentifikatsiya tizimi kabilar tekshirilgan.

Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Xavfsizlik yo‘nalishidagi Mobile&SecurityLab kompaniyasi mutaxassislari isbotlashganidek, iPhone’lar bu borada har qanaqa Android-smartfondan ustun.

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil 1-chorak): Galaxy S10+ ikkinchi o‘rinda, qolgan barchasi «xitoylik»!

Master Lu benchmarki reytingida «Osmon osti saltanati»ga mansub bo‘lmagan bittagina smartfon bor – Samsung Galaxy S10+ flagmani! Bu devays 402 259 ball bilan faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

iPhone va iPad’larning «ota»si – Apple ko‘rsatmagan W.A.L.T ilk «jonli» videoda!

Kupertinolik korporatsiya 2007 yili moddiy klaviaturasi bo‘lmagan birinchi smartfonni taqdim etgandi. Biroq ayni shunday texnologiyaga ega ilk qurilmasini u hali 1993 yildayoq ishlab chiqargan ekan!

Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

Apple bilan sudlashib yurgan Qualcomm unga Snapdragon X55 chipini sotmasligi ma’lum, Samsung esa modemlarini o‘zining Galaxy S10 5G superflagmanidan orttira olmasligini aytgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш