O‘rama smartfonni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ramiz!

Mutaxassis fikriga ko‘ra, turli displeysozlar o‘rama ekran texnologiyasi bo‘yicha poygaga kirishgan; shunday ekan, o‘raluvchi smartfonlar davriga ham oz vaqt qolgan.

Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

Bungacha Snapdragon 865 chipli eng arzon smartfon iQOO Neo 3 5G edi – unisi 390 dollardan sotilmoqda. Flagman protsessor asosida yanada arzon smartfon chiqarish mumkinligini Xiaomi isbotladi!

Smartfon nega qizib ketadi? Mutaxassis telefonni saqlab qolish chorasini aytdi

«Roskachestvo» raqamli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha katta mutaxassisi Sergey Kuzmenkoga ko‘ra, protsessor, batareya yoki displeydagi muammolar — telefon qizib ketishining bosh sababchilaridir.

OnePlus Nord N10 5G chiqdi: flagman dizaynida yap-yangi chipli hamyonbop smartfon

Kompaniya uni 8 nanometrlik tex-jarayonga asoslanuvchi Snapdragon 690 chipseti bazasida ishlab chiqqan: ikkita Cortex-A77, oltita Cortex-A55 yadrolari, X51 rusumli 5G-modem, Adreno 619L grafik tezlatgichi.

Yandeks.Market o‘n yildagi eng ommabop smartfonlarni e’lon qildi

O‘n yilda atigi to‘rttagina brendning smartfonlari yetakchi bo‘lgan, lekin shulardan bittasi 2016 yildan hozirgacha liderlikni qo‘ldan bermay kelmoqda!

1 noyabrgacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarini arzonroq va sovg‘asi bilan olish mumkin!

Ba’zi smartfonlar xaridida esa turli aksessuarlar: ryukzaklar, 20000 mA/soatgacha bo‘lgan poverbanklar, simsiz quloqchin va aqlli bilaguzuklar hadya tarzida qo‘shib beriladi.

Geekbench yana bir arzon smartfon – Galaxy A02s modelini oshkor etdi

Galaxy A02s modeli 3 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 10 operatsion tizimiga ega. Tabiiyki, bunaqa texnik ko‘rsatkichlarga ega smartfonning narxi ham 100–120 dollar atrofida bo‘ladi.

DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

«Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining DxOMark reytingidagi hukmronligi ko‘pga bormadi, yurtdoshi tezda undan taxtini qaytarib oldi!

Birinchi «jonli» surat Galaxy S21 kamerasining joylashuvini ko‘rsatdi!

Tarmoq informatorlari endi Samsung flagmanlari uchun butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi zavodlardan yangi faktni taqdim etishdi.

Bu flagman smartfon sotuvga chiqiboq 200 dollarga arzonlashdi!

Shuningdek, kompaniya ushbu gadjeti uchun 199 dollarlik qo‘shimcha kafolat taklif etmoqda. Bunda naq ikki yil mobaynida smartfondagi barcha mexanik va tasodifiy shikastlarni u o‘z hisobidan ta’mirlab beradi.

Redmi K30 Ultra’dan zo‘r, lekin undan arzon Redmi K30S: taqdimot va savdoga chiqish kuni aniq!

Shuningdek, yanada ilg‘or flagman – 108 megapiksellik bosh kamerali Redmi K30S Pro ham taqdim etilishi kerak. Weibo tarmog‘ida tarqalayotgan suratlarda esa uni Redmi K30S Commemorative Edition deb atashmoqda.

Yangi fotoflagmanlar – Huawei Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ bilan tanishing!

Huawei bu flagmanlarining fotoimkoniyatlariga katta e’tibor qaratgan va bu borada Leica bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Huawei Mate 40 namoyish qilindi – narx va xususiyatlari

AQSh tomonidan qo‘llanayotgan sanksiyalar va taqiqlarga qaramasdan, Huawei kompaniyasi Mate 40 turkumidagi smartfonlarini taqdim etdi. Ular bilan tanishuvni bazaviy – Huawei Mate 40 modelidan boshlaymiz.

iPhone 12’lar tezkorlik testida Galaxy Note 20 Ultra, OnePlus 8T, Google Pixel 5 va ROG Phone 3’ni yer tishlatdi!

Avtonomlik testida iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi iPhone 11 va iPhone 11 Pro’larga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Lekin samaradorlik bobida ular zo‘r ekan!

Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Redmi Note X yaqinda taqdim qilingan «yengillashtirilgan» flagman – Xiaomi Mi 10T Lite modelining rebrending qilingan, shu bilan birga yanada kuchaytirilgan varianti bo‘ladi.

Galaxy S21 Ultra surati, uning Galaxy S21 hamda S21+ bilan o‘xshash va farqli jihatlari

Ice Universe kuni kecha Galaxy S21 Ultra modelining suratini e’lon qildi. Shuningdek, u yangi avlod Samsung smartfonlarining ekranlaridagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari haqida ham ma’lumot bergan.

iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Test g‘olibi esa Samsung yoki Google flagmani emas, balki xitoylik smartfonsozning yangi modeli bo‘lib chiqdi!

Apple’ni kalaka qilgan Xiaomi’ning o‘zi endi smartfon qadog‘ini ixchamlashtiryapti!

Buni qarangki, kupertinoliklarning ustidan birinchi bo‘lib kulgan Xiaomi endi o‘zi ham smartfonlarining qutisida ayrim qisqartirishlarni amalga oshirmoqchi!

iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

Hozirda ekranining o‘lchami diagonaliga 6 dyuymdan kam bo‘lgan smartfonni topish qiyin. iPhone 12 mini modeli esa shulardan biridir – uning displeyi 5,4 dyuymlik o‘lchamda, korpusi ham ixcham.

Nokia quvvati 2 kunga yetuvchi arzon smartfon namoyish qildi

Nokia 2 V Tella korpusida Google Assistant ovozli yordamchisini chaqirish uchun maxsus tugmacha mavjud. Kompaniya uni toza Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш