Yarim narxli kambag‘albop buklamafon – Galaxy Fold Lite surati chiqdi

Original Galaxy Fold’dan uning farqi – bosh kamerasi uchta emas, balki ikki modulli; tashqi displeyi ham ixcham tasmacha shaklida. Snapdragon 865 protsessori o‘rnatilsa-da, u 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi.

Galaxy M01 xususiyatlari va narxi e’lon qilindi: Redmi 8A va Realme C3 kushandasi!

5,71 dyuymlik, HD+ formatidagi TFT-ekranga ega Galaxy M01 «elektron yuragi» – Snapdragon 439 protsessori, tezkor/ichki xotirasi esa tegishlicha 3/32 gigabaytlik bo‘ladi.

«Periskop» kamerali Galaxy Note 20+ yangi suratlar va videoda

Note 20+ korpusi Galaxy Note 10+ modelidan kattaroq, ammo Galaxy S20 Ultra superflagmanidan ixchamroq! Dizayni esa bir vaqtning o‘zida Galaxy Note 10 va Galaxy S20 turkumlari vakillariga o‘xshab ketadi.

Samsung smartfonlariga noma’lum «kasallik» tushdi – yangilanishlarni o‘chirib qo‘ying!

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, smartfonda avtomatik yangilanishlarni o‘chirib hamda har ehtimolga qarshi ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib qo‘yishni maslahat berishmoqda.

Samsung’ning navbatdagi arzon smartfonlari – Galaxy M51 hamda M31s haqida xushxabarlar bor!

Smartfonlarning ikkalasi ham Android 10 operatsion tizimi bazasidagi One UI 2.0 grafik qobig‘i bilan chiqariladi. Galaxy M51 modelining daktiloskopi disrleyga integratsiya qilinishi ham mumkin.

Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

Galaxy S20 Tactical Edition maxsus g‘ilof va dasturiy ta’minot, ikki bosqichli shifrlash va «josus» rejimiga ega. U qadoqdanoq harbiy taktik radioaloqaga va missiyalarni boshqarish tizimlariga ulana oladi.

Apple – AQSh g‘ururi, lekin reytingda kuchli uchlikni boshqa kompaniya smartfonlari band etdi!

American Customer Satisfaction Index tashkiloti foydalanuvchilarning o‘z smartfonlaridan qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yillik tadqiqot natijasini e’lon qildi. Unda kutilmagan ko‘rsatkichlar aks etgan.

AnTuTu yangi reytingda har kimning joyini ko‘rsatib berdi (2020 yil may)

Ushbu reytingda Qualcomm, Samsung, Huawei HiSilicon hamda MediaTek kabi chipsozlarning ayni paytdagi smartfonlarda qo‘llanayotgan protsessorlari qatnashgan.

Samsung hamyonbop smartfonlarining kamerasini yaxshilamoqchi

Shu paytgacha Samsung smartfon narxini oshirib yubormaslik uchun bunday qilmasdan kelayotgandi. Endi esa yo OIS qismlari arzonlashgan, yoki kompaniya har bir smartfondan oladigan foydasi kamroq bo‘lishiga rozi.

Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy A11 sotuvga chiqdi, narxi bilan tanishamiz

O‘tgan haftada Samsung o‘rta narx toifasidagi Galaxy A11 smartfonini namoyish qilgan. Bu – uch modulli bosh kamera va ekran tirqishidagi old kameraga ega model bo‘lib, o‘shanda uning narxini aytishmagan edi.

Samsung smartfonlari, planshetlari va televizorlariga chegirma, yana sovg‘alari ham bor!

Aksiyalar doirasida ayrim planshetlar, televizor va flagman smartfonlarni qulay shartlar asosida olish mumkin. Ba’zi gadjetlar xaridida televizorgacha bo‘lgan sovg‘alar qo‘yilgan!

Galaxy A21s taqdim etildi – Android 10 tizimli avtonomlik monstri!

Samsung uni qora, oq, ko‘k va qizil ranglardagi korpuslarda, xotirasi 3/32, 4/64 va 6/64 gigabaytlik variantlarda taklif etadi. Barchasida 512 gigabaytgacha hajmli microSD-karta uchun slot mavjud.

Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Samaradorlik bo‘yicha yetakchi Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 865 sun’iy ong imkoniyatlari bo‘yicha bitta reytingda atigi yettinchi o‘rindan joy olgan!

TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

Yilning ilk choragida jami 275 millionta smartfon sotilgan bo‘lib, ularning 86 foizi «yashil robotchali» ekan. Android-smartfonlar orasida kuchli flagmanlardan ko‘ra arzonlarining bozori chaqqon.

Yangi protsessorli, hamyonbop Galaxy A21s: rasmlari, narxi va xususiyatlari

Samsung ushbu modelida o‘zining yangi – Exynos 850 protsessorini qo‘llagan va u 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi. Smartfonning tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 3/32 gigabaytlik hajmga ega.

«Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

Exynos 880 5G natijalari Snapdragon 765G ko‘rsatkichlariga juda yaqin; demak, yangi chipset aynan shu protsessor raqibidir. Uning bazasidagi smartfonlar Qualcomm chipli modellardan arzon bo‘lishi kutilmoqda.

Galaxy M51 va Galaxy M31s arzon smartfonlari ham flagmancha xususiyatga ega bo‘lyapti

Odatda bunday xususiyat arzon emas, balki o‘rta narx toifasidagi smartfonlarda va flagmanlarda qo‘llanar edi. Lekin Samsung arzonchi bozorlarida shu yo‘l bilan xaridorlarni jalb etmoqchi, shekilli.

TOP-10: Xitoy flagmanlari barcha Galaxy S20’larni surib chiqardi! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

O‘tgan oy global reytingida dastlabki to‘rtta, jami oltita o‘rinni zabt etgan yangi Samsung flagmanlari bu gal zo‘rg‘a to‘rtinchi va beshinchi, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarnigina egallashgan.

Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

Nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu ro‘yxatda ham kuchli uchlikka kira olmagan, ammo qolgan barcha o‘rinlar aynan uning chipsetlari bazasidagi qurilmalarga tegishli.

1200 dollarlik Samsung flagmani bu reytingda zo‘rg‘a 10-o‘rinni oldi!

Narxi 1400 dollarlik bo‘lishiga va kompaniya kamerasini maqtaganiga qaramasdan, kamerofonlar reytingida u atigi 122 ball olgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш