Buzilgan iPhone 8’dan iPhone 12 yasash usulini videodan o‘rganib oling!

Biz eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘lini e’lon qilgan edik. Yana bir havaskor esa buzuq iPhone 8 smartfonidan iPhone 12 yasab ko‘rsatdi.

Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

AnTuTu servisiga ko‘ra iyundagi o‘z egalarini rozi qilgan o‘nta smartfon reytingini hamda eng tezkor Android-smartfonlar ro‘yxatini chiqargan edik. Endi navbat – beshta narx toifasidagi eng kuchli modellarga.

Ulefone Power Armor 13 – rekord akkumulyatorli «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon! (+video)

Batareyasidan tashqari, Power Armor 13 modelining korpusi ham baquvvat: IP69K sertifikatidan tashqari, uni AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra ham himoyalashgan.

«Qora beva» hamda Xiaomi flagmani bir-birini reklama qiladi (+video)

Yangi jangari film – «Qora beva» («Black Widow») premerasi arafasida Xiaomi kompaniyasi Marvel Studios bilan hamkorlikda reklama kampaniyasini ishga tushirdi.

Galaxy S22 Ultra borasida Samsung muxlislarining orzusi armonga aylandi

Unda mutlaqo yangi Olympus optikasi qo‘llanishi haqida ham mish-mishlar yuribdi. Lekin umuman olganda, bu flagman kamerasi revolyusion emas, balki evolyusion o‘zgarishlar bilan chiqadi.

MIUI 13 taqdimoti tezlashdi: ilk beta-testi 7–16 iyul kunlari o‘tkazilmoqda!

Bu grafik qobiq kompyuterlar, planshetlar va televizorlar bilan birga ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Dinamik effektlar va aks etish effektlari MIUI 12 talqinidagidan ko‘ra silliqroq va yorqinroq bo‘ladi.

38 daqiqadayoq quvvatlanib ulguruvchi, hamyonbop Huawei Nova 8i sotuvga chiqdi

Gadjetni Android 11 tizimi ustiga qurilgan EMUI 11 grafik qobig‘i bilan taklif etishmoqda, lekin unda Google servislari yo‘q. Ular o‘rniga Huawei ilovalari hamda AppGallery katalogi o‘rnatilgan.

Eng ravon ishlovchi mobil operatsion tizim va smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil iyun)

Master Lu mutaxassislari reytingni tuzish uchun mazkur smartfonlarda 22 ta ilovani ishga tushirib ko‘rishgan. Aynan yangi – HarmonyOS 2.0 tizimi bunda tezkorlik va silliq ishlash bo‘yicha yetakchilikka erishgan.

Uch yillik hamyonbop smartfonga Windows 11 o‘rnatib, unda afsonaviy shuterni o‘ynab ko‘rsatishdi! (video)

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuterga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati chiqqan. Microsoft’ning bu injiqligiga qaramasdan, havaskorlar allaqachon uni smartfonlarga ham o‘rnatib, hattoki o‘yinlar o‘ynashyapti!

Arzon Galaxy A03s smartfoni Geekbench’da test topshirdi

Ushbu devays 6,5 dyuymlik displeyga va uning kemtigida joylashgan 5 megapiksellik selfi-kameraga ega. Uch modulli bosh kamerada asosiy sensor 13 megapiksellik bo‘lsa, qolgan ikkitasi 2 MPlik datchiklardir.

Uch yillik eng arzon ikki xil Redmi smartfoni uchun ham MIUI 12 chiqdi!

Kompaniya bu proshivkalarni «havo orqali» tarqatmayapti – xohlovchilar Mi Flash Tool maxsus ilovasi orqali o‘rnatib olishlari mumkin.

TOP-10: Eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyun)

AnTuTu ma’lumotlari asosida iyun oyida o‘z egalarini rozi qilgan o‘nta smartfon ro‘yxatini chiqargan edik. Ushbu servis endi samaradorlik bo‘yicha eng zo‘r o‘nta Android-smartfon reytingini ham taqdim etdi.

Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

Ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgandik.

Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Insayderlarning ta’kidlashlaricha, mazkur ro‘yxatlar kompaniyaning ichki manbalaridan hamda MIUI rasmiy forumidan olingan ma’lumotlar asosida tuzilgan.

Xiaomi Mi 11T hamda Mi 11T Pro mana shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

Manbalarning yozishicha, shu yilning avgustida Xiaomi yana bir nechta yangi smartfonlarini namoyish qiladi. Ular orasida so‘nggi flagmanlar oilasining ikkita vakili ham bo‘ladi.

200 dollarlik Samsung Galaxy F22 birinchi anboksing videoda!

Qadoq jamlanmasiga smartfonning o‘zi va foydalanish qo‘llanmasidan tashqari, 15 vattlik quvvatlagich, zaryadlash va ma’lumot almashish uchun kabel va SIM-karta uyachasini chiqarish skrepkasi kiradi.

Xiaomi Mi MIX 4 yangi suratda: selfi uchun alohida ekran!

Smartfon MIX seriyasidagi o‘zidan oldingi telefonlar kabi yumaloqlashgan keramik korpusga ega. Asosiy kamera bloki yonida Xiaomi Mi 11 Ultra’ning ekrani kabi ikkilamchi ekran joylashgan.

Snapdragon 895 chipli ilk smartfon e’lon qilindi va bu Xiaomi emas!

Ushbu chipset ilk bor Xiaomi Mi 12 Ultra flagmanida qo‘llanishi aytilgan, ammo so‘ng Lenovo uni dog‘da qoldirishi haqida xabar chiqqan edi. Endi esa bu ikkalasiga ham yangi raqib paydo bo‘ldi!

MWC 2021: «Yilning eng zo‘r smartfoni» va uning to‘rtta raqibi

Hakamlar ularning funksionalligi, dizayni, sotuvlar darajasi, ishlab chiqarshda ekologiyaga ziyonsizligi, dasturiy ta’minoti yangilanishi muntazamligi va boshqa jihatlarini o‘rganib, g‘olibni e’lon qilishdi.

iPhone 12 Pro’ning keragi yo‘q – 95 dollarga uning klonini olish mumkin (+video)

Qimmat smartfonlar bilan maqtanishni istovchi, ammo ularni cho‘ntagi ko‘tarmayotganlar uchun Oukitel C21 Pro eng zo‘r variantlardan biridir: g‘ilofga solinsa, uni Apple flagmanidan farqlab bo‘lmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш