Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!

Odatda yilning eng yaxshi o‘yinlari e’tirof etiladi, taqrizlar agregatori bo‘lgan Metacritic sayti esa aksincha – yakuniga yetayotgan yildagi eng yomon o‘yinlar reytingini e’lon qildi.

Smartfon egalari 2020 yilda qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashdi?

Sensor Tower hisobotiga ko‘ra, 2020 yil mobaynida mobil o‘yinlar bozorida o‘tgan yilgiga nisbatan 19,5 foizga o‘sish kuzatilgan.

Retro uslubidagi to‘rtta mini-o‘yinni faqat bugun bepul olish mumkin!

Ushbu mini-o‘yinlarning bepul berilishi bugun tunda tugaydi, demak – shungacha olib qo‘yishga ulguring va do‘stlaringizga ham bu haqda xabar bering.

Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!

Aksiya boshlanadigan 17 dekabrgacha esa Epic Games Store do‘konida ikkita RPG-o‘yinni teppa-tekinga va butunlay tarqatishyapti. Ya’ni, istalgan birini olib qo‘yib, keyin ham uni bir umr bepul o‘ynay olasiz.

The Game Awards 2020: yilning eng zo‘r o‘yinlari bilan tanishing! (+video)

Tadbirda naq o‘ttiz bitta yo‘nalishda g‘oliblar nomi e’lon qilingan. Xo‘sh, siz bularning qaysilarini o‘ynagansiz, qay birlarini hozir ham o‘ynab turasiz?

«Yulduzlar jangi»: afsonaviy o‘yin iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqyapti (+video)

Ushbu o‘yin mashhur «Yulduzlar jangi» serialiga asoslangan bo‘lib, undagi voqealar kinodagilaridan bir necha asrlar oldin bo‘lib o‘tadi.

The Game Awards marosimida ikkita sohibjamol jangchi ham ishtirok etadi

Bu yil yettinchi bor o‘tkazilayotgan The Game Awards 2020 tashkilotchilari ommabop o‘yinlar va filmlar qahramonlari bo‘lgan ikki aktrisani ham tantanaga taklif etishibdi.

Apple o‘zining turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalarni e’lon qildi

iPhone, iPad, Mac, Apple TV va Apple Watch uchun eng yaxshi ilova va o‘yinlar ro‘yxati e’lon qilindi. Maqolada ulardan har birining nomidagi havola orqali yuklab olish sahifasiga o‘tish mumkin.

2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Xabardagi har bir o‘yinning nomiga joylangan havola orqali uni yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari ishlaydi!

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, 1 dekabrdan kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad – elektron sportni rivojlantirishdir.

Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

Xo‘sh, siz bularning qaysilarini o‘ynab turasiz?

Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Twitter tarmog‘ida turbojedi nikli foydalanuvchining yozishicha, u Call of Duty: Warzone o‘yinida iPhone’ga shama qiluvchi «haqiqatga maksimal darajada yaqin surat»ga duch kelgan.

Eng qimmat o‘yin – Star Citizen fazoviy simulyatorini 2 dekabrgacha bepul o‘ynang! (+video)

Star Citizen kosmik simulyatori hali geymerlarga to‘liq taqdim etilganicha yo‘q. Lekin uning uchun oldindan buyurtma ochilgan va xohlovchilar bu o‘yinga rekord darajada pul to‘lashyapti!

Otishmali o‘yinlarning qirq yillik evolyusiyasini bitta qoyilmaqom videorolikda ko‘ring!

Rolik professional ishlangan – rejissura va montaj qilingan; unda jami 19 ta turli o‘yindan olingan lavhalar shunday mohirona ulab ketilganki, bir o‘yindan ikkinchisiga o‘tganingizni payqamay ham qolasiz!

The Game Awards 2020 finalistlari: yilning eng zo‘r o‘yini qaysi bo‘ladi?

The Last of Us Part II o‘yini naq o‘nta yo‘nalish bo‘yicha birinchilikka da’vogarligi bilan rekordchi bo‘lib turibdi. Hades o‘yini sakkizta, Ghost of Tsushima esa yettita nominatsiyada g‘oliblik uchun kurashadi.

Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Epic Games Store hafta oxirida ikkita pulli o‘yinni bepul va butunlay bermoqda. Ularni 26 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha olib qo‘yib, keyin istalgan paytda tekinga o‘ynayverish mumkin.

Jinquvar haqidagi jangovar o‘yinni bepul o‘ynash uchun olib qo‘yishga ulguring!

Mazkur ekshen o‘yin ekzorsist (jinlarni haydaydigan mutaxassis) sarguzashtlariga bag‘ishlangan. U iblislarning g‘alayonini bostirishga va o‘z o‘tmishining qorong‘u sirlarini ochishga harakat qiladi.

PUBG Mobile o‘yiniga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilyapti! (+video)

O‘yinsozlar PUBG Mobile’ga yangi – «Erangel» xaritasini qo‘shishdi – uning o‘zi ham, bu yerda kechadigan match rejimi ham Metro Exodus uslubida ishlab chiqilgan.

PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

Faqat yangi avlod pristavkasi uchungina chiqarilgan o‘yinlarni ham endi PS4 orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi!

Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!

Epic Games bilan oradagi mojarolar tufayli Apple o‘ta ommabop Fortnite o‘yinini App Store do‘konidan olib tashlagan. Lekin dasturchilar ayfon va aypadlar egalariga uni qaytarib berishning ilojini topishdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш