Xiaomi’ning eng kutilayotgan flagmanini ishlayotgan holida ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Mi Mix Alpha modeliga o‘xshash Mi Mix 4 bosh kamerasi besh modulli, ammo ekranida old kamera uchun tirqish yoki kemtik yo‘q – aftidan, unda chindan ham «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llangan.

Videoda infografika: O‘tayotgan o‘n yillikda qaysi smartfonlar ommabop bo‘ldi?

O‘n yil avval eng zo‘ri bo‘lgan kompaniyalar reytingdan umuman chiqib ketgan, hozirgi kuchlilarning aksariyati oxirgi yillardagina qaddini ko‘tarib olgan...

Yaqin orada Android 10’gacha yangilanayotgan oltita Xiaomi smartfoni bilan tanishing

Android 10 ustiga qurilgan MIUI 11 proshivkalari dastlab Xitoydagi smartfonlarga tarqatiladi, keyin esa bir necha hafta mobaynida dunyo bo‘ylab global proshivkalar ham uzatiladi.

Xiaomi kompaniyasi Redmi 8’dan naq ikki karra kuchli arzon smartfon tayyorlayapti!

Uning protsessori 2 GGs2gacha takt chastotasida ishlovchi ikkita Cortex-A75 hamda maksimal 1,7-1,8 GGs chastotali oltita Cortex-A55 yadrosini, shuningdek, Mali-G52 MC2 grafik tezlatgichini o‘z ichiga oladi.

TOP-10: Dunyodagi eng xaridorgir smartfonlar (2019 yil, dekabr)

2019 yilning uchinchi choragida jahon smartfon bozorida sotilgan barcha qurilmalarning taxminan 17 foizi mana shu o‘nta modelga to‘g‘ri kelgan.

Xiaomi va Redmi smartfonlarida yana bir foydali funksiya paydo bo‘lyapti

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi MIUI rasmiy kanali o‘n birinchi avlod grafik qobiqning yangi funksiyasini e’lon qildi. Rasman u «ish va dam olishni boshqarish» deb ataladi, aslida esa...

Xiaomi smartfonlariga MIUI 11 yangi muammo olib kelmoqda

Bu holat turli modellarda uchrasa-da, shikoyatlar asosan Xiaomi Mi 9 hamda Mi 9T qurilmalari egalaridan tushmoqda. Statistikaga ko‘ra, batareya quvvatini asosan Android operatsion tizimining o‘zi sarflamoqda.

Redmi eng ommabop va hamyonbop smartfonlarini yanada arzon versiyalarda chiqaryapti

Xiaomi har ikkala holatda ham smartfonlarning xotiralaridan boshqa xususiyatlarini o‘zgarishsiz qoldiryapti.

Redmi'dan kutilmaganda navbatdagi taqdimot!

Xabar qilinishicha, Redmi 9 tez orada omma e’tiboriga havola qilinadi.

Xiaomi’ning eng qudratli flagmani arzonlashdi

Yangi smartfon chiqishi oldidan avvalgi modellarning arzonlashtirilishi an’anasi aksariyat ishlab chiqaruvchilarda mavjud. Redmi K30 taqdimoti oldidan Xiaomi naq beshta gadjetining narxlarini pasaytirgan edi.

Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

AnTuTu’ga ko‘ra, bu model o‘rta narxli smartfonlarning eng zo‘ridir. Dunyoning trenddagi telefonlar reytinglarida ham u yuqori o‘rinlardan tushmayapti. Biroq uning nuqsoni borasida Xiaomi «mum tishlagan»...

Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?

«Xiaomi degani bu – qoyilmaqom smartfonlardir. Shuningdek ular, Apple va Samsung kabilar o‘z smartfonlariga qanchalik kulgili narxlar qo‘yishayotganini yaqqol ko‘rsatib beradi», – deydi ulardan biri.

Redmi K30 5G’ning munosib raqibini Samsung tayyorlayapti

Qualcomm Snapdragon 765G protsessori qo‘llanayotgani bois, ushbu smartfon nisbatan arzon bo‘ladi. Qolaversa, Samsung unga yaxshi kamera o‘rnatsa kerak – kamida Redmi K30 darajasida.

Xiaomi bu bozorda Huawei, Samsung va hatto Apple’ni ham ortda qoldirdi!

Joriy yilning uchinchi choragida Xiaomi jahon bo‘ylab 12,2 millionta shunday qurilmalarini sotib, birinchilikni egallagan.

Xiaomi kutilmaganda yana bitta potensial bestseller tayyorlabdi!

Bluetooth standartlari bilan shug‘ullanuvchi Bluetooth Special Interest Group tashkilotining ma’lumotlar bazasiga allaqachon Xiaomi’ning bu mahsuloti ro‘yxatdan o‘tganligi haqida ma’lumot joylandi.

Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Redmi K30’ning qo‘shaloq old kamerasi ekranning faol hududidagi tirqishga o‘rnatilishi aytilgandi. Ilk tizerda esa, Galaxy S10+ flagmanidagi kabi, selfi-kamera uchun displeyda ochilgan oval tuynukni ko‘ramiz.

Ikkita arzon Redmi smartfoniga barqaror MIUI 11 bazasidagi global proshivka tarqatilmoqda

Garchi eski modellardagi Xiaomi smartfonlari uchun Android 10 hali taqdim etilmagan bo‘lsa-da, ularga MIUI proshivkasining so‘nggi talqini tarqatilyapti.

Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

Xiaomi bugun antiqa tizer-posterini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yillik CES 2020 ko‘rgazmasi doirasida kompaniya o‘zining yangi innovatsion smartfonini namoyish qiladi, lekin gadjet nomi yashirilgan.

«JONLI» VIDEO: Redmi K30’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

Namoyish kunining o‘zidayoq Redmi K30 smartfonini qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatishdi: MIUI 11.0.2 grafik qobig‘i ostida ishlayapti, lekin uning aynan qaysi Android versiyasi ustiga qurilgani noma’lum.

Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Ommabop AnTuTu jamoasi o‘tgan oy yakunlariga ko‘ra Android-smartfonlar samaradorlik natijalarini e’lon qildi. Unda eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar reytinglari taqdim etilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш