Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Kutilmagan Xitoy kompaniyasi vakillari shohsupani hamda yana ikkita yuqori o‘rinni zabt etdi, Xiaomi Mi 10 Ultra – uchinchi pog‘onada. O‘tgan oy reytingining lideri esa bu gal zo‘rg‘a oltinchi o‘rinni oldi!

Samsung hamyonbop va xit smartfonini kuchaytirilgan versiyada chiqardi

Kuchaytirilgan Galaxy A21s birinchi bo‘lib Hindistonda, 240 AQSh dollariga teng narxda sotila boshladi. Keyinchalik uning boshqa mamlakatlar bozorlariga ham chiqishi kutilmoqda.

150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Insayder xabari o‘z tasdig‘ini topsa, bu model 108 megapiksellik kamerali ilk Redmi smartfoni bo‘ladi. Kutilayotganidek 150 dollari atrofida baholansa, uning ommabop telefonlardan biri bo‘lishi aniq.

Nihoyat, Samsung eng arzon 5G-smartfonining barcha jihatlarini oshkor etdi

Kompaniyaning eng arzon 5G-smartfoni 6.6 dyuymlik o‘lchamdagi Super AMOLED-displeyga ega. Samsung unda tomchisimon kemtikli, ya’ni Infinity-U dizaynini qo‘llagan; ekranning tasvir aniqligi esa HD+ formatida.

Redmi shu oydayoq Snapdragon 865 chipli ikkita arzon flagman chiqarmoqchi!

Ularning taqdimoti aynan qaysi kuni bo‘lib o‘tishi va narxi aniq emas, ammo texnik xususiyatlari taxminan bo‘lsa ham ma’lum.

Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Qizig‘i – ushbu protsessor Samsung smartfonlaridan ham oldin Vivo X60 flagmanlarida bozorga chiqadi.

Galaxy F41 taqdim etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Kompaniya bu smartfonida o‘zining Exynos 9611 protsessorini qo‘llagan. Bu smartfon ancha «beli baquvvat» – akkumulyatori 6000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali quvvatlanadi.

Hali chiqmagan iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 Pro flagmanlarini ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Huawei Mate 40 turkumida ham to‘rtta rusumda smartfon chiqadi va ular 15 oktyabrda namoyish qilinadi.

Uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Android Central nashri MIUI 12 asosidagi proshivkalar tarqatilish vaqtini tizimlashtirib e’lon qildi. Boshqa manba esa ayrim Redmi va Poco smartfonlarining yangilana boshlash kunigacha ma’lum qilgan.

HarmonyOS 2.0 proshivkasini oluvchi Huawei va Honor smartfonlari, planshet va smart-soatlari ro‘yxati chiqdi

Dasturchilar shu yildayoq HarmonyOS 2.0 beta-versiyasini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. 2021 yil yanvar yoki fevralidan esa u ushbu ro‘yxatga kirgan gadjetlarning oddiy foydalanuvchilarga ham taqdim qilinadi.

«Rulni ber buyoqqa!» – Qualcomm endi o‘zi geymerlar uchun smartfon tayyorladi!

Qualcomm geymerofonini Tech Summit 2020 marosimida keng jamoatchilikka ko‘rsatishsa kerak. Uning ayni shu tadbirda taqdim qilinadigan Snapdragon 875 chipsetli ilk smartfon bo‘lishi mantiqqa mos keladi.

Samsung hali taqdim etmagan, batareyasi baquvvat va arzon Galaxy M31 Prime allaqachon do‘konga chiqdi!

Galaxy M31 Prime batareyasi USB-C orqali tezkor zaryadlanib, uning bitta quvvati Wi-Fi orqali 21 soat internetda kezishga, 26 soat video ko‘rishga, 48 soatlik so‘zlashuvga, 119 soat musiqa tinglashga yetadi.

Atigi 6 dollarlik telefonlardan «Huawei smartfonlari» yasab, 25 dollardan sotgan jinoiy guruh ushlandi

Jinoiy guruh a’zolarining bazasi fosh etilib, 300 000 dollardan oshiq aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Ularga nisbatan kontrafakt mahsulot tayyorlash va firibgarlik ayblari qo‘yilib, ustlaridan jinoiy ochilgan.

Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!

Reyting shohsupasini va naq yarmini bitta vakillari band etgan bo‘lsa, faqat ikkinchi o‘rinda janubiy koreyaliklar smartfoni turibdi, qolgan to‘rtta o‘rinni Xitoy brendi egallagan.

Samsung o‘z smartfonlari egalarini Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasining ochiq sinoviga chaqiryapti!

Kompaniya odatda o‘z grafik qobiqlari beta-sinovlariga faqat dasturchilarni kiritar edi. One UI 3.0 talqiniga kelganida esa taktika o‘zgardi – uning testlarida oddiy foydalanuvchilar ham qatnasha oladilar!

Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Kim biladi, balki Redmi K40 modeli hali boshqa kompaniyalarning flagmanlaridan ham oldin chiqib, dunyodagi shunaqa ilk smartfon bo‘lar.

Poco brendi eng arzon smartfonini namoyish etdi!

Xiaomi uni quloqchin tirqishi, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 802.11 b/g/n, GPS + GLONASS interfeyslari, FM-radio bilan ta’minlagan. Smartfon Android 10 tizimi bazasidagi MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqqan.

AnTuTu rekordchisi – dunyodagi eng kuchli geymerofon eng arzon versiyada chiqyapti! (+rasmiy anboksing videosi)

Geymerofon eng so‘nggi texnologiyalar bilan qurollangan: 6,59 dyuymlik va 144 gerslik AMOLED-ekran, flagman – Snapdragon 865+ chipi, 6000 mA/soatlik akkumulyator, o‘yin tugmachalari, ilg‘or sovitish tizimi...

Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

Kompaniyaning eng so‘nggi va eng qimmat flagmani nafaqat past ball oldi, balki hatto Galaxy S20 Ultra’dan ham, xitoylik smartfonsozlarning bundan arzon modellaridan ham ortda qoldi!

realme 7 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

realme 7 Pro oldingi seriyaga nisbatan juda ko‘p o‘zgarishlarga ega bo‘ldi va ularning aksariyati sezilarli apgreydlar bo‘lsa, boshqalari mijozlarga yoqmasligi mumkin bo‘lgan bir qator jihatlar hisoblanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш